20 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 19 mart soat 20 dan 20 mart soat 20 gacha
19.03.2023
MUHIM HODISALAR
19-21 martda respublikaning baland tog‘larida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor.
19-21 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
20 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 19 mart soat 20 dan 20 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 17-19° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg;ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 19-24° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg;ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.