19 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 18 mart soat 20 dan 19 mart soat 20 gacha

19 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 18 mart soat 20 dan 19 mart soat 20 gacha

18.03.2023

 

MUHIM HODISALAR

18-21 martda respublikaning baland tog‘larida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor.
18-21 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

19 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 18 mart soat 20 dan 19 mart soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
8-10° iliq, kunduzi 20-22° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechas3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi ba’zi joylarda biroz yomg;ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 19-24° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq,
kunduzi
8-13° iliq bo‘ladi.