18 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.03.2023
MUHIM HODISALAR
18-21 martda respublikaning baland tog‘larida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor.
18-21 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
18 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.