O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-21-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-21-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.03.2023

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-21-MART KUNLARIGA  OB-HAVO PROGNOZI

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat +22 +25o iliq bo‘lgan ochiq ob-havo kuzatiladi.

Shanba kuni respublikamizning janubi-g‘arbiy hududlariga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizidan kelayotgan siklon bilan bog‘liq bo‘lgan bulutli massivlar kirib kelishi boshlanadi. O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yakshanba va dushanba kunlari respublika hududi bo‘yicha nam siklon o‘tishida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 20-mart kuni yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi.

Ushbu kunlarda havo harorati nisbatan pasayadi va +17+20o iliqni tashkil etadi.

17-19-martda respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

21-mart "Navro‘z" bayrami nishonlanadigan kuni O‘zbekiston aholisini kam bulutli va quruq ob-havo quvontiradi. Havo harorat yana +22+25o ga ko‘tariladi.

17-21-mart kunlari Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Poytaxtimizda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Asosan kuchsiz shamol sharqiy yo‘nalishda esadi. Havo harorati kechalari +8+10o iliq, kunduzi kunlari +21+23o iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 5-10 m/s tezlikda esishi saqlanib turadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +8+10o iliq, kunduzi +20+22o iliq bo‘ladi.

Dushanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +8+10o iliq, kunduzi +17+19o iliq bo‘ladi.