16 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
16.03.2023
MUHIM HODISALAR
16-20 martda respublikaning baland tog‘larida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor.
16 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.