TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!
15.03.2023
Joriy yil 16-23-mart kunlari havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori tog‘li hududlarida, jumladan:
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.