14 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
14.03.2023
MUHIM HODISALAR
14-15 martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.
14 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.