O‘zbekiston bo‘yicha 13-17 mart kunlariga ob-havo prognozi
13.03.2023
Ushbu hafta davomida respublika hududi bo‘yicha asosan kam bulutli, quruq ob-havo bo‘ladi.
Kechagi sovuqdan so‘ng, bugun kunduz kuni havo isiy boshlaydi va haftaning o‘rtasiga kelib, kunduzgi havo harorati 22-25o ga yetadi, janubda ba’zi joylarda 26-28o gacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida Qozog‘iston bo‘yicha o‘tayotgan antisiklon respublikamiz hududi bo‘yicha kunduzgi havo haroratini 18-20o gacha biroz pasaytiradi.
15-16 mart kunlari respublikamizning shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
13-15 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtimizda: bugun kunduzi va hafta oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishda birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan tezlikda esadi.
Havo harorati asosan 18-22o iliq bo‘ladi.