12 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
12.03.2023
MUHIM HODISALAR
12 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
12-15martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.
12 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi,
12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida Havo o‘zgarib turadi, yomg’ir yog’adi, baland tog’li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9° iliq bo‘ladi.