11 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
11.03.2023
MUHIM HODISALAR
11-12 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
11-15martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.
11 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21-26o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin . Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Qor ko’chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15о iliq bo`ladi.