O‘zbekiston bo‘yicha 10-12 mart kunlariga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 10-12 mart kunlariga ob-havo prognozi

10.03.2023

O‘zbekiston bo‘yicha 10-12 mart kunlariga  ob-havo prognozi

Bugun mamlakatimiz hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo bo‘lishi kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi termometr ustuni 25-28o iliqgacha, janubda ba’zi joylarda 30o iliqgacha ko‘tariladi.

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo masasi kirib kelishi kutilmoqda.

Ertaga Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi
15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15o iliq atrofida, ertaga kunduzi 21-26o iliq bo‘ladi, yakshanba kuni havo salqinroq bo‘ladi, havo harorati 13-18o iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

10 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi havfi bor.

10-12 martda kutilayotgan yomg‘irlar hisobiga tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, ertaga kechga tomon va yakshanba kuni kun davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati 24-26o iliqni tashkil etadi, yakshanba kuni 17-19o iliqgacha salqinlashadi.