11 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 10 mart soat 20 dan 11 mart soat 20 gacha

11 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 10 mart soat 20 dan 11 mart soat 20 gacha

10.03.2023

MUHIM HODISALAR

10-12 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

10 martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.

11 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

10 mart soat 20 dan 11 mart soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRIHavo
o‘zgarib turadi,
kechga tomon yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13o iliq, kunduzi 24-26o iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO  VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 24-29° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog;adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarda sel-suv tishqin hidisalari yuzag kelishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.