10 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.03.2023
MUHIM HODISALAR
10-12 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
10-martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.
10 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28o iliq, janubda va cho‘l hududlarda 30o iliqgacha bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15о iliq bo`ladi.