9 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
09.03.2023
MUHIM HODISALAR
9-10 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
9-10-martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.
9 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, baland tog’larda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor).
Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13о iliq bo`ladi.