8 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
08.03.2023
MUHIM HODISALAR
8-10 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
8-10-martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.
8 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15-20o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi,
12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, baland tog’larda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12о iliq bo`ladi.