9-11 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
07.03.2023
9-11 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10 martda ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 10-11 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9-10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 martda ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 10 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 25-30° iliq, 11 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 10 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 23-28° iliq, 11 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo’ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 martda kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 10-11 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 10 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 23-28° iliq, 11 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 martda kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 10-11 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 19-24° iliq, 10 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq, 11 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 9 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 10-11 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 martda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, baland tog’larda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 10-11 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 9 martda 5-10° iliq, 10-11 martda 8-13° iliq bo’ladi.