7 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.03.2023
MUHIM HODISALAR
7-9 martda respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, 7 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
8-10 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
7-10-martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.
7 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm vilyatida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28o iliq, janubda va cho’l hududlarda 30o iliqgacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15о iliq bo`ladi.