O‘zbekiston bo‘yicha 6-10-mart kunlariga ob-havo prognozi
06.03.2023
O‘zbekiston hududi bo‘yicha kechasi yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar asta-sekin to‘xtamoqda.
Bugun kunduz kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kunning birinchi yarmida markaziy viloyatlarning ayrim joylarida va respublikaning eng cheka janubida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 17-22o iliq atrofida, janubda ba’zi joylarda 23o iliqgacha bo‘ladi.
7-martda mamlakatimiz hududga Turkmaniston hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi havo harorati 25-28o iliqgacha, janubda va cho‘l hududlarda 30o iliqgacha ko‘tariladi.
8 va 10-martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
8-martda kunduzgi harorat 15-18o iliqgacha pasayadi, 9-10-martda harorat yana ko‘tarila boshlaydi va 10-martga kelib, 21-26o iliqni tashkil etadi.
6-9-martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. 7-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6-10-martda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda: bugun kunning birinchi yarmida, 8-martda kun davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 7-9-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Bugun kunduz kuni havo harorati 19-21o iliqni tashkil etadi, ertaga havo 25-27o iliqgacha isiydi, 8-9 mart kunlari 17-19o iliq bo‘ladi.