7 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 6 mart soat 20 dan 7 mart soat 20 gacha
06.03.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 6-10 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 6 va 8-10 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
6-9 martda respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, 7 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6 va 8-10 mart kunlari tog‘ oldi hududlarida yog‘ingarchilik kutilayotgani munosabati bilan respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
6-10-martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.
7 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
6 mart soat 20 dan 7 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12° iliq, kunduzi 25-27° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechas 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, Navoiy viloyatining ayrim joylarida 22-25 m/s gacha yetishi, chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 24-29° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, Jizzax viloyatining ayrim joylarida 22-25 m/s gacha yetishi, chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 23-28° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida 22-25 m/s gacha yetishi, chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, kunduzi 19-24° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir, baland tog’li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.