6 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
06.03.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 6-10 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 6 va 8-10 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
6-9 martda respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, 7 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6 va 8-10 mart kunlari tog‘ oldi hududlarida yog‘ingarchilik kutilayotgani munosabati bilan respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
6-10-martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.
6 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-21o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir, baland tog’li hududlarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12о iliq bo`ladi.