6 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 5 mart soat 20 dan 6 mart soat 20 gacha

6 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 5 mart soat 20 dan 6 mart soat 20 gacha

05.03.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 5-10 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-6 va 8-10 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
5-10 martda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, Jizzax, Navoiy viloyatlarida 5 va 7 martda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatida 7 martda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6 va 8-10 mart kunlari tog‘ oldi hududlarida yog‘ingarchilik kutilayotgani munosabati bilan respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

5-10-martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.

6 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 5 mart soat 20 dan 6 mart soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11° iliq, kunduzi 17-19° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechas 2-7° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir, baland tog’li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.