5 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

5 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.03.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 5-10 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-6 va 8-10 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
5-10 martda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, Jizzax, Navoiy viloyatlarida 5 va 7 martda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatida 7 martda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6 va 8-10 mart kunlari tog‘ oldi hududlarida yog‘ingarchilik kutilayotgani munosabati bilan respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
5-10-martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.

5 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi Jizzax, Navoi viloyatlarida 22-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 17-22o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 19-21
o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir, baland tog’li hududlarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12о iliq bo`ladi.