6-8 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)
04.03.2023
6-8 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, 6 martda kechasi va ertalab biroz yomg’ir yog‘ishi mumkin, 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda yomg’ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
15-20 m/s gacha kuchayishi, 7 martda 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 6 martda 20-25° iliq, 7 martda 13-18° iliq, 8 martda 10-15° iliq bo’ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 6 martda kechasi va ertalab biroz yomg’ir yog‘ishi mumkin, 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda yomg’ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 7 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 8 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.
BUXORO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 6-7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda
chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 6 martda 20-25° iliq, 7 martda 22-27° iliq,
8 martda 15-20° iliq bo’ladi.
NAVOIY VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 6 martda kechasi va ertalab biroz yomg’ir yog‘ishi mumkin, 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda yomg’ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, 7 martda 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 6 martda 20-25° iliq, 7 martda 22-27° iliq, 8 martda 15-20° iliq bo’ladi
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 6 va 8 martda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, 7 martda Jizzax viloyatida 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 6 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 7 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq, 8 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 6 va 8 martda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, 7 martda Qashqadaryo viloyatida 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 6 martda 21-26° iliq, 7 martda 23-28° iliq, 8 martda 17-22° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 6-7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 6 va 8 martda 17-22° iliq, 7 martda 19-24° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 6 va 8 martda ba’zi joylarda yomg’ir, baland tog’liklarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 6 martda yog‘ingarchilik ba’zi joylarda kuchli boladi 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 6 martda 8-13° iliq, 7 martda 12-17° iliq, 8 martda 4-9° iliq bo’ladi.