5 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 4 mart soat 20 dan 5 mart soat 20 gacha
04.03.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 5-10 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-6 va 8-10 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
5-10 martda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, Jizzax, Navoiy viloyatlarida 5 va 7 martda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatida 7 martda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6 va 8-10 mart kunlari tog‘ oldi hududlarida yog‘ingarchilik kutilayotgani munosabati bilan respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
4-10-martda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.
5 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 4 mart soat 20 dan 5 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi kumkin. Harorat kechasi 9-11° iliq, kunduzi 19-21° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechas 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi, Navoiy viloyatida 22-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi, Jizzax viloyatida 22-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir, baland tog’liklarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.