O‘zbekiston bo‘yicha 3-5-mart kunlariga ob-havo prognozi
03.03.2023
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzgi harorat 15-20o iliq atrofida, janubda ba’zi joylarda 23o iliqgacha bo‘ladi.
4-martda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5-martda nam havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kunduzgi havo harorati 21-24o iliq, yomg‘ir paytida 18-20o iliq atrofida bo‘ladi.
3-5-mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Navoiy va Jizzax viloyatlarida 5-martda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda: 3-4-mart kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-martda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 5-martda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati bugun kunduzi 17-19o iliqni, shanba va yakshanba kunlari 19-21o iliqni tashkil etadi.