O‘zbekistonda 2023-yilning mart oyi qanday bo‘ladi
02.03.2023
Bahorning birinchi oyi – mart kirib keldi. O‘zbekistonda mart oyi haroratning keskin o‘zgarib turishi, bunda havoni tez sur’atlarda isish davrlari keskin sovuq davrlar bilan almashinishi, ba’zida qisqa muddatga yomg‘ir qorga aylanishi va kechasi harorat sovuq darajasigacha pasayishi bilan tavsiflanadi.
So‘nggi 50 yil ichida 1972-yilning mart oyi eng sovuq bo‘lgan, hatto mart oyining uchinchi o‘n kunligida ham harorat kechalari 10-15o sovuqgacha pasaygan .
So‘nggi yillar O‘zbekistonda mart oyida asosan iliq ob-havo kuzatilmoqda. 2008, 2016, 2018-yillarning mart oylari barcha kuzatuv yillari uchun eng iliq uchlikka kirdi. Eng issiq kunlarda harorat 30-32o iliqgacha, janubda ba’zi joylarda 35-37o iliqgacha ko‘tarildi.
O‘zbekistonda mart oyi – yog‘ingarchilik miqdori va yog‘ingarchilik kuzatilgan kunlar soni bo‘yicha yil davomida eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan oy deb hisoblanadi. Shimoliy hududlarni va cho‘l zonasini hisobga olmaganda, mart oyida o‘rtacha 10 kundan 15 kungacha yog‘inli kunlar kuzatiladi.
O‘tgan 2022-yilning mart oyi yog‘gan yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha chempion bo‘ldi. Mamlakatimizning shimoli va janubidan tashqari, hududning katta qismida yog‘ingarchilik me’yordan 2-3 marta, ba’zi joylarda 3,5-4,5 marta ko‘p bo‘ldi.
Markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim joylarida o‘tgan yilning mart oyidagi yog‘ingarchilik meteorologik kuzatuvlarning barcha qatori uchun rekord bo‘ldi. Shunday qilib, Toshkentda bir oy ichida 188 mm yog‘ingarchilik bo‘ldi. Bu deyarli uch oylik me’yorni tashkil etadi. Bu Toshkentda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun oylik yog‘ingarchilik miqdori rekortidir.
Shuningdek yomg‘ir davomiyligi ham anomal bo‘ldi. Yomg‘ir 5 martdan 18-martgacha bo‘lgan davrda deyarli har kuni yog‘di, so‘ng ular biroz tanaffus bilan kuzatildi.
Ba’zida mart oyida yog‘ingarchilik beqaror qor qoplamining shakllanishi bilan qor ko‘rinishida ham yog‘adi. So‘nggi 25 yil ichida 1998-yilning mart oyida eng ko‘p qor yog‘gan, bunda Toshkent shahrida qor qoplami 9 kun davomida kuzatilgan, uning maksimal balandligi 22 sm ni tashkil etdi.
Bu yil mart oyi juda iliq ob-havo bilan boshlanadi.
Mart oyining birinchi o‘n kunligida havo harorati kunduz kunlari 17-22o iliqgacha, ayrim kunlarda 24-27o iliqgacha, janubda va cho‘l hududlarda 29o iliqgacha ko‘tariladi.
5-6-mart kunlari va o‘n kunlik oxirida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yomg‘ir paytida kunduzgi havo harorati biroz pasayadi, bunday holatga qaramay, mart oyining birinchi o‘n kunligi me’yordan nisbatan iliqroq bo‘ladi.
Mart oyining ikkinchi va uchinchi o‘n yilliklarida harorat kechalari 7-12o iliqdan 0-5o iliqgacha (ba’zi joylarda 2o sovuqgacha bo‘lishi mumkin), kunduz kunlari 20-25o iliqdan 10-15o iliqgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida (har bir o‘n kunlikda 1-3 kundan) asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.