4-6 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)

4-6 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)

02.03.2023

4-6 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, 4 martda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. 5-6 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 5 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 6 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo’ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 5 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 6 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 martda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 martda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 19-24° iliq, 5-6 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 martda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 martda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 5-6 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo’ladi.