3 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 2 mart soat 20 dan 3 mart soat 20 gacha

3 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 2 mart soat 20 dan 3 mart soat 20 gacha

02.03.2023

3 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

2 mart soat 20 dan 3 mart soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 17-19° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechas 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 19-24° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.