🤝 SAMARQANDAGI YAKUNIY UCHRASHUV

🤝 SAMARQANDAGI YAKUNIY UCHRASHUV

01.03.2023

🤝 SAMARQANDAGI YAKUNIY UCHRASHUV

🔵 2023-yilning 27-28-fevral kunlari Samarqand shahrida «Markaziy Osiyoda gidrometeorologiya xizmatlarini modernizasiya qilish» loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishi bo'lib o'tdi

📍 Yig‘ilish yakunida 1-mart kuni loyiha vakillari va ishtirokchilari Daxbet stansiyasida bo‘ldilar. Stansiya faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob topdilar

Daxbet agrometeorologik stansiyasi Samarqand shaxridan 12 km uzoqlikda Oqdaryo va Qoradaryo daryolarining oralig‘idagi Daxbet axoli punktida joylashgan bo‘lib, 1970-yilning 1-iyulidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Daxbet stansiyasi asosan agrometeorologik kuzatuvlarga ixtisoslashgan bo‘lib, tuproq harorati va namligi, paxta, g‘alla va mevali daraxtlarni rivojlanish fazalari kabi kuzatuvlarni olib boradi. Shu bilan birga stansiyada standart meteorologik kuzatuvlar ya’ni havo harorati, namligi, bosimi, yog‘ingarchilik, atmosfera xodisalari va bulutlilik bilan bir qatorda, suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish hamda issiqlik balansi kuzatuvlari olib boriladi.

фото