SAMARQANDAGI YAKUNIY UCHRASHUV
28.02.2023
2023-yilning 27-28-fevral kunlari Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda gidrometeorologiya xizmatlarini modernizatsiya qilish loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Amalga oshirish davrida Loyiha Markaziy Osiyo gidrometeorologiya xizmatlari salohiyatini mustahkamlaydigan asosiy platformalardan biriga aylandi.
Quyidagi sohalarda har bir davlat loyihadan foyda ko'rdi:
- axborotni qabul qilish, qayta ishlash va almashish masalalari bo'yicha Milliy gidrometeorologiya xizmati (MGMX) o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
- Milliy gidrometeorologiya xizmati (MGMX) larning axborotni qabul qilish, saqlash va almashish uchun texnik va tashkiliy imkoniyatlarini kuchaytirish;
- gidrometeorologik mahsulotlar bilan mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish;
- nazorat bo'linmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Gidrometeorologiya xizmatlari rahbarlari mintaqamizning barcha mamlakatlari uchun hech qanday mubolag‘asiz dolzarb bo‘lgan gidrometeorologiya ta’minoti va iqlim o‘zgarishining dolzarb muammolarini muhokama qildilar..
Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan bir qator ekspert guruhlari Samarqandda to‘plangani haqida avvalroq xabar ,bergan edik.