O‘zbekiston bo‘yicha 27-fevral-3-martga ob-havo prognozi
27.02.2023
O‘tgan hafta oxirida qisqa muddatga sovuqni olib kelgan sovuq havo massasi O‘zbekiston hududidan shiddat bilan chekinmoqda.
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 12-15o iliqgacha isiydi.
28-fevral va 1-2-mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim tumanlarida 2-mart kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 2-martda kechasi 2-7o iliqni, kunduzi 17-22o iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 27-28-fevral kunlari qor ko‘chishi xavfi bor.
3-martda respublika hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha bulutlilik kuchayadi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzgi harorat biroz pasayadi va 12-17o iliqni tashkil etadi.
2-3-mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda 27-28-fevral va 1-2-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 11-13o iliq bo‘ladi, so‘ng harorat asta-sekin ko‘tariladi va 2-mart kuni 19-21o iliqni tashkil etadi.