O‘zbekiston bo‘yicha dam olish kunlariga ob-havo sharoiti

O‘zbekiston bo‘yicha dam olish kunlariga ob-havo sharoiti

24.02.2023

O‘zbekiston bo‘yicha dam olish kunlariga ob-havo sharoiti

Bugun respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlariga va kechga tomon qolgan hududlarga Rossiyaning Yevropa hududidan sovuq va nam havo massasi kirib keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kun duvomida, qolgan hududlarda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 15-20o iliqni, shimolda 0-5o iliqni tashkil etadi.

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qor yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati pasayadi va ko‘pchilik hududlarda kechasi va kunduzi 0-5o iliq, shimolda kechasi 5-10o sovuq, kunduzi 0-5o iliq atrofida bo‘ladi.

Bugun va ertaga fronti kirib kelishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

26-fevral kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida harorat kechasi 2-5o sovuqgacha pasayadi. Kunduzi quyosh hisobiga havo harorati 7-12o iliqgacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Ushbu kunlarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Poytaxtimizda bugun kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 16-18o iliq bo‘ladi.

Shanba kuni vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 3-5o iliqni tashkil etadi, kunduzi 0-2o iliqgacha pasayadi.

Yakshanba kuniga kelib, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2-4o sovuq, kunduzi 8-10o iliq bo‘ladi.