24 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.02.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 24 fevral kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 25-26 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

24 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 25 fevralda respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

24-25 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

25-26 fevralda harorat kechalari 0-5 sovuqgacha, respublika shimolida 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqgacha qisqa muddatga pasayishi kutilmoqda.

24-28 fevralda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.

 

24 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI


O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan hududlarda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20o iliq, shimolda  0-5o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan  yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10о iliq bo`ladi.