22 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

22 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

22.02.2023

MUHIM HODISALAR

22-28 fevralda respublikaning tog’li hududlarda qor ko’chish xavfi bor.

22 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9о iliq bo`ladi.