23-25 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)
21.02.2023
23-25 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 24 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 24 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 25 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 24 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 24 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 25 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 23 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. 25 fevralda yog‘ingarchilik (yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi). Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 24 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 25 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 23-24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 fevralda yog‘ingarchilik (yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi). Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 24 fevralda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 25 fevralda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 23-24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 fevralda yog‘ingarchilik (yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi). Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 24 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 25 fevralda kechasi va kunduzi 4-9° iliq bo’ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 23-24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 fevralda yog‘ingarchilik (yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi). Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 19-24° iliq; 24 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 25 fevralda kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 23-24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 fevralda yog‘ingarchilik (yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi). Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 23 fevralda 15-20° iliq, 24 fevralda 13-18° iliq, 25 fevralda 2-7° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-24 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 25 fevralda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.