22-24 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)

22-24 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)

20.02.2023

22-24 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, 22-23 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 22 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 24 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 22-23 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat kechasi 0-5° iliq; kunduzi 22 fevralda 8-13° iliq; 23 fevralda kechasi 10-15° iliq, 24 fevralda 5-10° iliq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 22 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi. 23 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq, kunduzi 22 fevralda 13-18° iliq,  23 fevralda 17-22° iliq, 24 fevralda 13-18° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 22 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi. 23-24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
2-7° iliq, kunduzi 22 fevralda 13-18° iliq, 23 fevralda 17-22° iliq, 24 fevralda 15-20° iliq bo’ladi
QASHQADARYO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 22 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi. 23-24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
2-7° iliq, kunduzi 22 fevralda 15-20° iliq, 23 fevralda 17-22° iliq, 24 fevralda 15-20° iliq bo’ladi.

SURXONDARYO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. . Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 22 fevralda 17-22° iliq, 23 fevralda 19-24° iliq, 24 fevralda 17-22° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 23 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 24 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.