18 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.02.2023

MUHIM HODISALAR

18 fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
18-20 fevralda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor

18 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 5-10o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5о iliq bo`ladi.