18 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 17 fevral soat 20 dan 18 fevral soat 20 gacha
17.02.2023
MUHIM HODISALAR
17-18 fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
17-20 fevralda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
18 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 17 fevral soat 20 dan 18 fevral soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 8-10° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2°sovuqgacha, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi
3° sovuq-2° iliq bo’ladi.