9-11 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga) 

9-11 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga) 

07.02.2023

9-11 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga) 

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 9 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 9 fevralda kechasi
5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 10-11 fevralda kechasi 7-12° sovuq, Ustyurtda 15° sovuqgacha, kunduzi
2-7° sovuq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 fevralda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. 10-11 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
9 fevralda kechasi va kunduzi 4-9° iliq; 10-11 fevralda kechasi 3-8° sovuq, Navoiy viloyatining shimolda
10-12° sovuqgacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 fevralda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. 10 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. 11 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 fevralda kechasi va kunduzi 4-9° iliq; 10-11 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10-11 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
9 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 fevralda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 
7-12° iliq; 10 fevralda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 11 fevralda kechasi 0-5° sovuq,
kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. 11 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 10 fevralda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 11 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 9 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 
10 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq; 11 fevralda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo’ladi.