O‘zbekiston bo‘yicha 6-10-fevralga ob-havo prognozi Keyingi sovuq kuchli bo‘lmaydi
06.02.2023
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi iliq havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 6-fevralda respublika janubida, 7-fevralda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 6-fevralda 7-12o iliq, 7-fevralda 10-15o iliq, ba’zi joylarda 18o iliqgacha bo‘ladi.
8-fevralda O‘zbekiston hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechasi 2-7o iliq, kunduzi 10-15o iliq atrofida, ba’zi joylarda 17-20o iliqgacha bo‘ladi.
9-10-fevralda O‘zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq antisiklon qismi kirib keladi.
Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Havo harorati pasayadi. 9-fevralda respublika hududining katta qismida kechasi va kunduzi 4-9o iliq, 10-fevralda kechasi 0-5o sovuq, kunduzi 2o sovuq-3o iliq bo‘ladi. Respublika shimolida harorat kechasi 7-12o sovuqgacha, Ustyurtda 15o sovuqgacha, kunduzi 2-7o sovuqgacha pasayadi.
7-9-fevralya respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.