O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 3-5-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
03.02.2023
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Janubi-g‘arbiy va janubiy hududlarda - kun davomida, markaziy hudadlarda esa – kunning ikkinchi yarmida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida - kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublika shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ertaga respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Yakshanba kuni hududning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat kechasi va ertalab markaziy va sharqiy hududlarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 0-5o iliq, ba’zi joylarda 2o sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10o iliq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtimizda bugun kechga tomon va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechasi 0-3o iliq, kunduzi 7-10o iliq bo‘ladi.
3-5 fevral kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.