3 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

3 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

03.02.2023

MUHIM HODISALAR
3 fevral kuni kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
3-6 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

3 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10o iliq, ba’zi joylarda 12-14o iliqgacha bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g'arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o iliq.