4-6 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)
02.02.2023
4-6 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI (3 kunga)
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 4 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
4 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 5 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 6 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo’ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 5 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq;
6 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 fevralda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 5 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 6 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 5-6 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 fevralda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 fevralda kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 5-6 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4-5 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.