3 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 2 fevral soat 20 dan 3 fevral soat 20 gacha

3 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 2 fevral soat 20 dan 3 fevral soat 20 gacha

02.02.2023

MUHIM HODISALAR
2 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
2 fevralda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
2-3 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 2-6 fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

3 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 2 fevral soat 20 dan 3 fevral soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, ba’zi joylarda
12-14° iliqgacha bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARIDA
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.