2 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
02.02.2023
MUHIM HODISALAR
2 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
2 fevralda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
2-3 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik munosabati bilan respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va sel kelishi mumkin.
2-6 fevral kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfli.
2 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, Toshkent Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ertalab ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi.Shamol g'arbdan 7-12 m/s esadi, ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10o iliq, ba’zi joylarda 12-14o iliqgacha bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g'arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-12o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi,
vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g'arbgan 7-12 m/s, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5о iliq.