1 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
01.02.2023
MUHIM HODISALAR
1-2 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
1-2 fevralda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
1-3 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
1 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. Faqat Toshkent Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g'arbgan 7-12 m/s, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Faqat Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10o iliq, ba’zi joylarda 12-14o iliqgacha bo‘ladi.
Toshkentda Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-11o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g'arbgan 7-12 m/s, ba’zi joylarda 17-2 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3о iliqlik-2о sovuq.