26 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.07.2021

MUHIM HODISALAR

26 iyulda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko‘tarilishi saqlanib qoladi.

Havo harorati iqlimiy me’yorlardan 4-6o ga yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo 41-44o gacha, janubda va cho‘l hududlarda 45-46o gacha isiydi.

26-27 iyulda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi ba’zi joylarda 17-22 m/s kuchayadi, ba’zida changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
39-44o, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 45-46o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 41-43o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 30-35o bo‘ladi.