“IT-mutaxassislari va ob-havo prognozchilarini COSMO CA texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish”
31.01.2023
Markaziy Osiyo gidrometeorologiya xizmatlarini modemizatsiya qilish loyihasining A komponentining hududiy tadbirlari rejasiga muvofiq, “IT-mutaxassislari va ob-havo prognozchilarini COSMO CA texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish” o‘quv tadbirlari olib borilmoqda:
Ushbu seminarlarda Markaziy Osiyo gidrometeorologiya xizmatlarining mutaxassislari COSMO modelidan foydalanish bo'yicha o'qitiladi, ular dunyodagi raqamli ob-havoni prognoz qilish tizimlarining hozirgi holati, COSMO qisqa muddatli raqamli bashorat qilish tizimi va boshqalar haqida ma'lumot beriladi.
“COSMO-CA texnologiyasini ishlab chiqish va SWFDP CA loyihasi bilan o‘zaro hamkorlik” mavzusidagi birinchi onlayn tadbir 2022-yil 15-16-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi tadbir 2022-yil 25-30-avgust kunlari O‘zbekistonning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Dunyodagi mavjud vaziyat shuningdek, “O‘zgidromet” JMTning Mintaqaviy ixtisoslashtirilgan meteorologiya markazi ekanligi inobatga olinib, seminar o‘tkaziladigan joy sifatida Toshkent shahridagi O‘zgidromet tanlanib, ushbu yo'nalishdagi yakuniy o'quv tadbiri 2023-yil 30-yanvar - 3-fevral kunlari o'tkazilmoqda.
#uzgidromet # COSMO CA #SWFDP CA #JMT #seminar