31 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

31 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

31.01.2023

31 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g'arbgan 7-12 m/s, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10о iliq.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan biroz yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10о iliq.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g'arbgan 7-12 m/s, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7о iliqlik.