O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 30-YANVAR - 3-FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
30.01.2023
Bugun respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunning o‘rtasiga kelib, 7-10o iliqgacha ko‘tariladi.
Ertaga O‘zbekiston hududiga O‘rta yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida respublika bo‘yicha hafta davomida beqaror ob-havo bo‘ladi.
1-fevraldan 3-fevralgacha O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2-fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor),1-2-fevralda kuchli bo‘ladi.
31-yanvar va 1-2-fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2-fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati hafta davomida me’yor atrofida bo‘ladi va kechalari 1o sovuq-4o iliqni, kunduz kunlari 5-10o iliqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 7-9o iliq bo‘ladi.
Ertaga 31-yanvar kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2o iliq, kunduzi 7-9o iliq bo‘ladi.
1-2-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari 2-5o iliq, kunduz kunlari 5-10o iliq bo‘ladi.